Фотострана » Интересные страницы » Цитаты и мысли » Я Люблю Тебя » "Real" klubi "Gremio" klubiga qarshi o'yin oldidan mashg'ulotlarni boshladi (+Rasmlar). Xabaringiz ...










"Real" klubi "Gremio" klubiga qarshi o'yin oldidan mashg'ulotlarni boshladi (+Rasmlar).
Xabaringiz bor, shu kunlarda Madridning "Real" klubi BAAning Abu-Dabi shahrida o'tkazilayotgan klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etmoqda.
"Qaymoqranglilar" ushbu musobaqada o'z ishtirokini yarim finaldan boshlagan holda, mezbon jamoa "Al-Jazira"ni mag'lubiyatga uchratib, finalga yo'l olgan edi.
Endi finalda "Real" klubi Braziliyaning "Gremio" klubi bilan ushbu musobaqaning bosh sovrini uchun kurash olib boradi.
Jamoa futbolchilari ushbu o'yin oldidan tayyorgarlik mashg'ulotlarini boshlab yubordi.
Eslatib o'tamiz, "Real" - "Gremio" uchrashuvi 16-dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da boshlanadi va FUTBOL TV telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Dima
войдите, используя
или форму авторизации